Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar daftari»dagi talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risida nizom tasdiqlanmoqda.
Ushbu nizom orqali Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarining davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tash tartibi belgilanmoqda.
Loyihada:
- stajirovkani barcha bosqichlarda tashkil etish stajyorning kasbiy faoliyatni o‘zlashtirishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun stajirovka o‘tash ularning individual imkoniyatlari va sog‘lig‘ining holatini hisobga olgan holda tashkil etilishi;
- stajyor uchun sinov muddati belgilanmasligi;
- stajyorlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishga, shuningdek, ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligi;
- davlat tashkilotlarida stajirovkadan o‘tayotgan stajyorlarning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari;
- qabul qiluvchi tashkilotning (stajirovka o‘tash joyi) joylashgan joyi stajyorning yashash joyidan yoki oliy ta’lim muassasasi joylashgan joyidan tashqarida vaqtincha yashashini talab qilsa, stajyorni amaliyot o‘tash joyiga borish va turar joy bilan ta’minlash (uy-joy uchun to‘lov) qabul qiluvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirish belgilanmoqda.
Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi natijasida talabalarning haq to‘lanadigan ishlab chiqarish stajirovkasini tashkil etish natijasida OTM bitiruvchilari bilim, ko‘nikma, kasbiy va shaxsiy kompetensiyalari oshishi hamda bandligi ta’minlanadi, ularning real ishlab chiqarish sharoitlariga kasbiy moslashuvi takomillashtiriladi.
Mavzuga oid
14:56 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin
21:51 / 04.06.2024
Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi
18:48 / 28.09.2023
“Yoshlar daftari” nima? Unga kimlar, qanday shartlar bilan kiritiladi?
08:24 / 21.09.2023