Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan kelgani aytilayotgan superchumolilar Buyuk Britaniyada elektr energiyasi uzilishiga sabab bo‘lmoqda
Osiyo superchumolilarining invaziv turi Buyuk Britaniyaga elektr ta’minotidagi uzilishlar bilan tahdid qilmoqda.
Lasius neglectus yoki inglizlar ta’biri bilan aytganda «elektr chumolilar» orolga 2009 yilda, O‘zbekistondan olib kelingan xona o‘simliklari bilan birga borib qolgan, deya yozadi Daily Star. Hasharotlar elektr simlarini «xush ko‘rishi» bilan mashhur, ular qisqa tutashuv va elektr uzilishlariga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ular hatto uylarni elektrsiz qoldirishga qodir.
Nashrning yozishicha, yaqinda olimlar chumolilar uyasi malikalari ucha olishini aniqladilar, ya’ni «elektr chumolilar» yangi hududlarni ilgari o‘ylanganidan tezroq egallashga qodir.
«Elektr chumolilar juda xavfli bo‘lishi mumkin. Ular kabellar va kommutatorlar atrofida koloniyalar hosil qiladi va osongina qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida elektr uzilishiga yoki hatto yong‘inga olib keladi», degan pestitsidlar bilan shug‘ullanuvchi Cleankill Pest Control rahbari Pol Beyts.
York universiteti biologlari olib borgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Buyuk Britaniya iqlimi bu invaziv tur uchun mos kelgan. «Elektr chumolilar» har yili o‘z uyasidan 20-50 kilometr masofani bosib o‘tishi va shu radiusda yangi koloniyalar yaratishi mumkin. Shu bilan birga, chumoli inida bir nechta malika bo‘lishi mumkin.
Lasius neglectus chumolilari bir necha yil ichida Buyuk Britaniyaning turli hududlariga tarqalib ketgani aytilmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bosqinchi hasharotlar boshqa chumoli turlarini siqib chiqaryapti.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025