Reuters: Ar-Riyodning neft qazib olishni qisqartirish qarori OPEK+ davlatlari uchun syurpriz bo‘ldi
Saudiya Arabistonining iyul oyida neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirish qarori boshqa OPEK+ mamlakatlari uchun haqiqiy syurpriz bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters manbalari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ar-Riyod yaqinda Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda hamkorlariga o‘z rejasini oshkor etmagan va ular yakunlanganidan keyin qazib olish pasayishini e’lon qilgan.
Saudiya Arabistoni iyul oyida o‘z neft qazib olishni sezilarli darajada qisqartirish rejasini sir tutdi va Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida OPEK+ hamkorlarini bu haqda xabardor qilmadi, deya xabar bermoqda Reuters agentligiga tashkilotdagi bir qancha manbalar.
4 iyun kuni Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya, Saudiya Arabistoni va OPEK+ boshqa a’zolari neft qazib olish bo‘yicha qo‘shma cheklovlarni 2024 yilda uzaytirishga kelishib oldilar. Muzokaralar davomida Ar-Riyodning iyul oyida neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda kuniga 10 million barreldan 9 million barrelgacha kamaytirish g‘oyasi ko‘tarilmagan, deya ta’kidladi agentlikning OPEK+ mamlakatlari delegatsiyalari tarkibiga kirgan to‘rt nafar suhbatdoshi. «Matbuot anjumani oldidan qo‘shimcha qisqartirish haqida ma’lumot berilmagan. Bu haqiqiy syurpriz bo‘ldi», dedi ulardan biri.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlanganidan so‘ng darhol mamlakatda neft qazib olish so‘nggi yillardagi eng katta hajmda qisqartirilishini e’lon qildi. U bu qarorni «Saudiya sovg‘asi» deb atadi va shunday dedi: «Biz har doim intriga qo‘shishni xohlaymiz. Odamlar nima qilishimizni oldindan taxmin qila olishini xohlamaymiz. Bozor barqarorlashtirishga muhtoj», dedi u (Reuters iqtibosi).
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024