Urgutda YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib «Kamaz»ga urilgan.
2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani Omonqo‘ton mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani Urgut-Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Cobalt haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. «Kamaz» haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan (odamlar o‘limi; halokat; boshqa og‘ir oqibatlar) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
09:31 / 20.11.2024