Jahon | 08:15 / 10.06.2023
8338
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj AQShga ekstraditsiya qilinishi haqidagi qaror ustidan yana shikoyat qiladi

WikiLeaks asoschisi Buyuk Britaniyadan AQShga ekstraditsiya qilinmaslik uchun London Oliy sudiga yangi apellyatsiya beradi. Avvalgi apellyatsiya barcha holatlar bo‘yicha rad etilgan.

Foto: Reuters

Britaniya qamoqxonasida saqlanayotgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanj 13 iyun kuni London Oliy sudiga uni AQShga ekstraditsiya qilish qarori ustidan yangi apellyatsiya shikoyati beradi. Bu haqda 8 iyun, payshanba kuni uning rafiqasi Stella Assanj ma’lum qildi.

"Keyingi seshanba kuni turmush o‘rtog‘im Julian Assanj Oliy sudga qayta murojaat qiladi. Keyin ish Oliy sudning ikki yangi sudyasi ishtirokida ochiq muhokamaga o‘tadi, - deb yozdi u Twitter sahifasida. - Biz g‘alaba qozonamiz va Julian Qo‘shma Shtatlarga ekstraditsiya qilinmaydi, degan optimistik fikrdamiz. U AQSh hukumati tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarni fosh qiluvchi ishonchli ma’lumotni nashr etgani uchun umrining qolgan qismini qamoqxonada o‘tkazishi mumkin".

Shu hafta boshida London Oliy sudi sudyasi Jonatan Svift Assanjning Buyuk Britaniyadan AQShga ekstraditsiya qilish haqidagi qaroriga qarshi so‘nggi apellyatsiyasini barcha sakkizta band bo‘yicha rad etdi. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, apellyatsiya “okrug sudyasiga taqdim etilgan va u tomonidan rad etilgan keng ko‘lamli ma’lumotlarni takrorlashga urinishdan boshqa narsa emas”.

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) xalqaro inson huquqlari tashkiloti London Oliy sudi qarorini sharhlar ekan, WikiLeaks asoschisi “AQShga ekstraditsiya qilinish arafasida” ekanini aytdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid