Jahon | 17:03 / 10.06.2023
10639
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri va moliya vaziri Kiyevga tashrif buyurdi

Foto: Picture Alliance

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo shanba kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi, deb xabar berdi Kanada radiosi. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu safarda hukumat rahbariga moliya vaziri Xristya Friland hamrohlik qilmoqda.

Tashrif xavfsizlik nuqtayi nazaridan maxfiy tarzda tayyorlangan, bosh vazir Kiyevga qanday yetib borgani haqida xabar berilmagan, deya ta’kidlaydi radiostansiya. 

Bu Tryudoning so‘nggi bir yil ichida Kiyevga ikkinchi safari. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid