Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi o‘z sanksiyalarini chetlab o‘tganlik uchun jazoni kuchaytiradi
Yevropa Ittifoqi adliya vazirlari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun eng kam jazolarni belgiladi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Rossiyaga harbiy mahsulotlar yetkazib berish kamida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi adliya vazirlari darajasida Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzganlik uchun jinoiy huquqbuzarlik sifatida jazo choralarini joriy qiluvchi Yevropa qonunini tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qulladi. “Ushbu yangi qonun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab sanksiya choralarini buzish holatlarini tekshirish, jinoiy javobgarlikka tortish va jazolashni osonlashtiradi”, dedi 9 iyun, juma kuni Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Shvetsiya adliya vaziri Gunnar Stryommer.
Xususan, sanksiyalarni chetlab o‘tganlik uchun jazoning eng kam muddatlari belgilanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Rossiyaga harbiy mahsulotlar yetkazib berish kamida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shu paytgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish talab qilinmagan.
Qonun loyihasida sanksiyalarni chetlab o‘tishga qaratilgan qaysi harakatlar jinoiy huquqbuzarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi ham belgilab qo‘yilgan. Ular orasida Yevropa Ittifoqining cheklov choralariga duchor bo‘lgan shaxslarga Yevropa Ittifoqining sayohat qilish taqiqini chetlab o‘tishga yordam berish, shuningdek, sanksiya ostidagi tovarlar savdosi va Yevropa Ittifoqining cheklov choralariga duchor bo‘lgan davlatlar yoki tashkilotlar bilan bitimlar bor. Yevropa Ittifoqida hozirda Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini buzish bo‘yicha 230 jinoiy tergov olib borilmoqda, dedi Yevropa komissari Dide Reynders Yevropa Ittifoqining Adliya kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Adliya vazirlari tomonidan qabul qilingan qarorda aytilishicha, YeI davlatlari jazoni belgilashda og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinishi uchun milliy qonunchiligini yangilashi kerak. “Masalan, jinoyatni jinoiy tashkilot doirasida yoki davlat amaldori tomonidan sodir etilganligi og‘irlashtiruvchi holat bo‘lishi mumkin”, deb tushuntiradi Yevropa Ittifoqi Kengashi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025