Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi
O‘zbekistonda keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu paytda poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi oqibatida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
«️Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin. Kompaniya o‘z mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», — deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq havo isishi sababli Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishlarida ham harakat tezligi pasaytirilishi ma’lum qilingandi. Relslar harorati +60 daraja bo‘lganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oshmaydi.
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
17:50 / 24.08.2024
Ispaniyada jazirama tufayli zaytun yog‘ini ishlab chiqarish kamaymoqda
11:49 / 13.08.2024