Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metallurgiya korxonalari lak-bo‘yoq va moylash materiallari uchun boj to‘lovidan ozod qilinadi
Prezidentning “Metallurgiya sanoati salohiyatini qo‘shimcha kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Farmon loyihasida qonunchilik hujjatlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan:
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadlarida olib kiriladigan lak-bo‘yoq va moylash materiallari uchun metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish;
yassi metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash maqsadida, 7210 49 000 0 TIF TN kodi va 7210 70 800 0 TIF TN kodi tovar pozitsiyalarini prezident farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan chiqarish;
yoyma metall prokatini birja savdolari orqali majburiy sotilishi shart bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqarish.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
09:32 / 09.05.2025