Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya va Kanada Suriyaga qarshi BMT sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi
Suriya hukumati tomonidan Qiynoqlarga qarshi konvensiya buzilganligi haqida bayonot bergan Kanada va Niderlandiya Damashqqa qarshi da’vo va Suriya fuqarolarini himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni so‘rab, BMT sudiga murojaat qildi.
Niderlandiya va Kanada “xalqaro huquqni son-sanoqsiz buzgan” Suriyaga qarshi Xalqaro sudga qo‘shma da’vo kiritdi. Haagadagi sudning 12 iyun, dushanba kuni tarqatilgan bayonotiga ko‘ra, da’vogar davlatlar Bag‘dodga nisbatan qiynoqlar, mahbuslarga g‘ayriinsoniy muomala, jinsiy zo‘ravonlik va o‘g‘irlash amaliyotiga chek qo‘yish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Da’voga ko‘ra, Suriya rasmiylari tomonidan xalqaro huquq buzilishi kamida 2011 yilda namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirish bilan boshlangan va keyinchalik uzoq qurolli to‘qnashuvlar davomida kuzatilgan, bunda Damashq boshqa narsalar qatori kimyoviy qurol ishlatgan, bu esa ko‘p sonli odamlar o‘limi va jarohatlariga sabab bo‘lgan.
Suriya tomonidan Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning buzilishini da’vo qilgan Kanada va Niderlandiya BMT sudidan fuqarolarni himoya qilish uchun Damashq rasmiylariga nisbatan vaqtinchalik choralar ko‘rishni so‘radi. Ularning so‘rovi tezkorlik asosida ko‘rib chiqiladi, biroq ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan. Xalqaro sudning qarorlari majburiydir.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
10:48 / 22.05.2025