Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Toshkentdan Urumchiga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda!
Toshkent va Urumchi o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash 2023 yil iyun oyi oxiriga rejalashtirilgan!
2020 yilda barcha havo aloqalari to‘xtatilgandan keyin, butun aviatsiya bozori misli ko‘rilmagan vaziyatlarga duch keldi. So‘nggi yillarda Uzbekistan Airways muntazam parvozlarni, shu jumladan Xitoy shaharlari bilan aloqalarni tiklash bo‘yicha ko‘plab ishlarni olib bordi. 2023 yilning yanvar oyida Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta amalga oshiriladigan muntazam parvozlar tiklandi. Iyun oyi oxirida esa Toshkentdan Urumchiga va ortga muntazam reyslarni tiklash rejalashtirilgan.
30 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviatashuvlarni tiklamoqda. Muntazam parvozlar haftada ikki marta, ya’ni juma/shanba kunlari (ortga qaytuvchi reys keyingi kunga o‘tadi) amalga oshiriladi, aviachiptalarning narxi esa quyidagicha:
• Toshkent-Urumchi: 2 738 000 so‘mdan
• Toshkent-Urumchi-Toshkent: 4 867 000 so‘mdan boshlanadi.
Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytidan www.uzairways.com, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan sotib olish mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024