Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim yordamchilari Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirishni o‘rganadi
Hokim yordamchilari Xitoyga jo‘nab ketdi.
20 nafar hokim yordamchilari Xitoy davlatiga tajriba o‘rganish uchun safarga yo‘l oldi. Ular 2 hafta davomida “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida mutaxassislardan ta’lim oladi.
Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoy davlatining Kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unga muvofiq joriy yil so‘ngiga qadar 200 nafar hokim yordamchilari Xitoy tajribasini o‘rganishi ko‘zda tutilgan.
Safar oldidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hokim yordamchilari bilan uchrashib, ularga qisqa safar davomida zarur bo‘lgan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish hamda kelgusi ish jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llash borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025