Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Jumanazar Jumaniyozov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 2021 yilning may oyidan buyon ushbu lavozimda ishlagan Anvar Xudoyorovning o‘rniga kelgan.
J.Jumaniyozov 1981 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo‘lim boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar u byuroning Toshkent viloyati boshqarmasida katta inspektor lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025