Mudofaa vazirligi tarkibida Jaloliddin Manguberdi nomidagi litsey tashkil etiladi
Mudofaa vazirligi tarkibida davlat muassasasi shaklida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi. Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

Foto: mudofaa.uz
Qabul va o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi, o‘quv jarayoni davomiyligi ikki yil bo‘lib, yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil etadi.
Litseyning asosiy vazifalari:
- o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari insoniy fazilatlarni, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
- xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning qoldirgan bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash va boshqalar.
Litsey o‘rta maxsus ta’lim muassasasi hisoblanib, Urganch shahrida joylashadi.
Mavzuga oid

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

21:28 / 22.03.2025
Germaniyada armiyani moliyalashtirish uchun Konstitutsiya o‘zgartirildi

14:59 / 21.03.2025
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi

21:51 / 04.03.2025