O‘zbekiston | 10:17 / 15.06.2023
16880
1 daqiqa o‘qiladi

Ashraf Salaydinov Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Foto: Mirobod tumani hokimligi

Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkent shahar Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tegishli qaror imzoladi.

Mirobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ashraf Salaydinovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

Mirobod tumani hokimi vazifasida ishlagan Shuhrat Po‘latov «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahri filiali bosh direktori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid