Dehli xalqaro aeroportida ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Foto: AP
Toshkent-Dehli samolyotida uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro katta miqdorda tilla buyumlarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu O‘zbekiston fuqarolari Dehliga tijorat maqsadlarida muntazam tarzda kelib turgan.
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Diplomatik missiya vatandoshlarni xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

14:19 / 01.05.2025