Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketganidan keyin yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi
Gretsiya yaqinida cho‘kib ketgan kema bortida 750 ga yaqin odam bo‘lgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 78 jasadi topilgan, 104 kishi qutqarilgan. Yuzlab odamlar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
16 iyun, juma kuni Gretsiya qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan baliqchi qayig‘i halokatga uchraganidan keyin keng ko‘lamli qidiruv operatsiyasi davom etmoqda, biroq omon qolganlarni topishga umid kamroq. Mahalliy matbuotning yozishicha, qidiruv ishlari kun davomida to‘xtatiladi.
Qutqaruvchilar qurbonlar soni ko‘payishidan xavotirda, chunki cho‘kib ketgan kema bortida, tirik qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, 750 ga yaqin odam bo‘lgan. Sohil xavfsizlik xizmati hozirgacha kamida 78 jasadni topdi. 104 kishi qutqarilgan, yana yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq qidiruv ishlari kuchli shamol tufayli murakkablashgandi. Gretsiya rasmiylariga ko‘ra, 14 iyun kuni ertalab haddan tashqari ortiqcha yuklangan baliq ovlash kemasi halokatga uchragan – uning dvigateli buzilib qolgan, shundan so‘ng kema ag‘darilib, 10-15 daqiqadan so‘ng cho‘kib ketgan.
«Baliq ovlovchi trauler 25-30 metr uzunlikda edi. Uning palubasi va ombori odamlar bilan to‘la bo‘lgan», dedi Gretsiya qirg‘oqni qo‘riqlash vakili va qutqarilganlar asosan Suriya, Pokiston va Misrdan bo‘lganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Shu bilan birga, omon qolganlardan biri shifokorlarga yuk omborida yuzlab bolalar borligini aytdi.
Gretsiya hukumati uch kunlik motam e’lon qildi. Qurbonlar soni so‘nggi yillardagi eng yuqori darajaga yetdi. Gretsiyadagi eng halokatli kema halokati 2016 yilning 3 iyunida sodir bo‘lgan, o‘shanda 320 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Gretsiya, Italiya va Ispaniya bilan bir qatorda, Afrika va Yaqin Sharqdan Yevropaga intilayotgan o‘n minglab muhojirlar uchun asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:30 / 08.05.2025
WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025