O‘zbekiston | 10:23 / 16.06.2023
9820
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati hokimi Senat a’zoligiga saylandi

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi.  

Saylov natijalariga ko‘ra Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Akmal Mahmudaliyev 1974 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Samarqand kooperativ instituti, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 

U Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2022 yil noyabrida Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. 2023 yil aprel oyi boshida u hokimlikka rasman tasdiqlandi.

Bundan oldin Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangandi.

Mavzuga oid