Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronga tashrif doirasida 15 ta hujjat qabul qilindi
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Hukumatlar o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eron Milliy standart tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik dasturi, Texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Harakatlar rejasi shular jumlasidan.

Qo‘shma erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, farmatsevtika, transport va tranzit sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar qabul qilindi.

Shuningdek, Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, Nizolarni hal etish va arbitraj to‘g‘risida anglashuv memorandumi, Qayta sug‘urtalash sohasida hamkorlik bo‘yicha fakultativ bitim va boshqa hujjatlar ham imzolandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025