Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
47 ta «sharoiti og‘ir» tumanlarda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i pasaytirilishi mumkin
2023 yil 19 iyun kuni Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
Respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanlarda yangidan tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun mol-mulk va yer solig‘i soliq stavkalarini pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jismoniy shaxslarga nisbatan yer solig‘ining oshirilgan stavkasi qo‘llanilishini to‘xtatib turish belgilanmoqda.
Elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini rivojlantirish maqsadida vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish nazarda tutilmoqda.
Yig‘ilishda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
12:23 / 05.09.2023
Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:36 / 04.09.2023
“Tax gap” va QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish amaliyotlari bekor qilindi
07:40 / 02.09.2023