Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ikki kishini yashin urdi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi
Ikkinchi jabrlanuvchining holati qoniqarli ekani aytilmoqda.
Hodisa 19 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ro‘y bergan. Ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan.
Bosh prokuratura axborot xizmati shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etganini bildirdi.
Yashin urishidan jabrlangan qizning ahvoli qoniqarli deya baholangan. U ayni paytda shifoxonada davolanayotgani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu yilning martida Toshkentda daraxtga yashin urishi natijasida uning yaqinidagi maktabning eshik va oynalariga zarar yetgandi.
O‘tgan yili Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida uch kishini yashin urgan, ulardan biri halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025