Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkologiya markazi Ruhiy salomatlik markaziga aylantiriladi
Prezident "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi quyidagi takliflari ma’qullandi:
- ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko‘rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
- birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish;
- ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga ko‘ra to‘liq ta’minlash;
- aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
- kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaxassislarni munosib rag‘batlantirish va samarali mehnati uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
- psixiatriya muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) markaz:
ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi, ushbu yo‘nalishlarda yuqori texnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi;
ruhiy salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
b) hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoxonalari va dispanserlari markazning hududiy tashkiliy-metodik bo‘linmalari hisoblanadi;
markaz, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari tibbiyot oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi
13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi
12:11 / 29.05.2024