O‘zbekiston | 15:00 / 21.06.2023
9935
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona politexnika institutida ta’lim oling!

Foto: Farg‘ona politexnika instituti

Hozirgi kunda muassasada 7 ta fakultet faoliyat olib bormoqda. Ularda 65 ta bakalavr va 32 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Oliygohda talabalar bilimini amaliy oshirish maqsadida zamonaviy 63 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari 14 ta spin-off korxonalarda talabalar o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.

Shuningdek Farg‘ona politexnika institutida xalqaro chet el oliygohlari bilan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar bilan talabalar almashinuvini ta’minlaydi.

Salkam 60 yillik tarixga ega bo‘lgan Farg‘ona politexnika institutida bugungi kunda jami 7 ta fakultet faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida 65 ta yo‘nalish, bakalavriat (sirtqi) ta’lim shaklida 25 ta yo‘nalish hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 32 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud. 

Institutimizdagi ta’lim jarayoni va darsliklar xalqaro standartlarga asoslangan. Darslar faqat nazariya bilan cheklanib qolmasdan, talabalarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, ilmiy maqolalar yozishi hamda amaliyotga yo‘naltirilgan. Talabalar o‘z bilimlarini oshirish va mustahkamlash uchun institutning 332 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lgan Axborot-resurs markazidan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek oliygohimizda 63 ta laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, eng so‘nggi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu xonalarda talabalarimiz nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etib kelishmoqda.

2022 yilda institutda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami 17 ta markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazlar bir paytning o‘zida bir necha kafedra va spin-off korxonalarini qamrab oladi. Hozirda oliygoh boshqaruv strukturasida markazlar alohida o‘rin egallagan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyot, stajirovkalar aynan mana shu markazlarning o‘zida olib borilmoqda. Shuningdek, hozirda markazlar tarkibida 14 ta spin-off korxonalari mavjud bo‘lib, shundan 2 tasi Farg‘ona politexnika instituti ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda, institutimiz ko‘plab chet elning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, AQSh, Italiya, Fransiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Portugaliya, Misr, Arab Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning tajribali va malakali professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari Farg‘ona politexnika institutidagi ta’lim jarayoniga jalb etilgan va ular hozirgi kunda talabalarimizga saboq berib kelishmoqda.

Quvonarlisi shundaki, amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida joriy yilning o‘zida Farg‘ona politexnika instituti Times Higher Education tashkilotining The Impact Ranking va World University Rankings 2022 xalqaro reytingidan o‘rin egalladi. Bu esa barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar qalbida o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Telefonlar:

📞 +998954000082

📞 +998954000085

📞 +998954000086

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook|

Reklama

 

Mavzuga oid