Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i YTHga uchradi
Joriy yilning 20 iyun kuni soat 16:10 lar atrofida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani Qorashina shaharchasi, Termiz-Toshkent xalqaro yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i B.G‘. o‘ziga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi bilan to‘qnashib ketib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Departament xabariga ko‘ra, orqa tomondan harakatlanib kelgan fuqaro U.Yo. boshqaruvidagi Spark rusumli avtotransport vositasi ham B.G‘. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasiga kelib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli sud tibbiyot ekspertizalari hamda departament xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ekspertiza hamda xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid
12:57 / 15.01.2025
Qashqadaryo viloyatida yer silkinishi sodir bo‘ldi
14:59 / 13.03.2024
Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
07:37 / 21.02.2024
Uch hududda noqonuniy valuta savdosiga chek qo‘yildi
07:36 / 15.09.2023