Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarni tuzish va tugatish masalasi prezident maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishiladi
Mahallalar faoliyati tashkiliy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
E’lon qilingan hujjatda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida idoralararo doimiy komissiyalar tuziladi;
mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishiladi;
mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish vakolati Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
15:16 / 03.01.2025