O‘zbekistonlik uch opa-singil Hindistonda 2021 yildan beri hibsda saqlanmoqda, elchixona vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston elchixonasi Hindistonning Bihar shtatida hibsda ushlab turilgan fuqarolar bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Hindistonning ayrim ommaviy axborot vositalarida ushbu davlatning Bihar shtatida hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayollar haqida ma’lumotlar tarqatildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida chora-tadbirlar ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik uch nafar ayol 2021 yil oktabr oyida Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingan.
Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022 yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligacha ushlab turilgani aniqlandi.
Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olingani va fuqarolarni vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani aytilgan.
Diplomatik missiya vatandoshlarni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

22:09 / 26.03.2025