Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlandi
Ushbu aniqlangan tuzilma oltin va polimetallga istiqbolli ekanligi prognoz qilinmoqda.
Geologiya fanlari universiteti «Mineral resurslar instituti» DM xodimlari Surxondaryo viloyatida «Janubiy O‘zbekiston hududida 1:100 000 miqyosli kosmogeologik tadqiqotlar» nomli davlat loyihasi bo‘yicha dala tekshiruv ishlarini amalga oshirgan.
Tadqiqot davomida Surxontov tog‘ining Vaxshivor maydonida dala deshifrovkalash ishlari olib borilishi natijasida u yerda malaxitlashuvga boy yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlangan.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berishicha, ushbu aniqlangan tuzilma oltin va polimetallga istiqbolli ekanligi prognoz qilinmoqda.
Hozirda mazkur tuzilma davomiyligi yana qo‘shimcha ravishda o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025