Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 14 yoshli qiz qutqarildi
Turli darajada tan jarohati olgan qiz Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
20 iyun kuni soat 07:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 14 yoshli qiz o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani va unga yordam zarurligi haqida tashvishli xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Shundan so‘ng turli darajada tan jarohati olgan qizga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va hozirda shifokorlar nazoratida.

FVV xabarida aytilishicha, qizning umumiy ahvoli yaxshi.
Mavzuga oid
15:52 / 16.05.2025
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
11:32 / 16.04.2025
Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi
09:41 / 22.03.2025