Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi
Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi. 2030 yilga qadar haj ziyoratiga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 ming nafarga yetkaziladi. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Toshkent islom institutida 2024 yildan magistratura, 2025 yildan doktorantura yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
“Mana, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga a’zo bo‘lganlari, barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Buyam o‘tgan davrda diniy-ma’rifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro e’tirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Yurtimizda islom olamining yetuk ulamolari ishtirokida har ikki yilda Xalqaro islom ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazib borsak, nima deysizlar?” dedi nomzod.
Kun.uz muxbiri ko‘ra, Mirziyoyevning saylovoldi dasturida harbiylar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish masalasi ham o‘rin olgan.
Buning uchun:
- kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar maoshi 2030 yilga qadar yana 2 karra oshiriladi;
- yil yakunigacha harbiylarimiz uchun 2 mingdan ortiq, kelgusi yetti yilda esa, yana 20 mingta uy-joy qurib beriladi;
- 15 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun uy-joyga dastlabki badalning 50 foizini davlat ajratadi;
- boquvchisini yo‘qotgan, nogiron bo‘lib qolgan harbiylarning kredit qarzdorligi esa budjetdan qoplanadi;
- pensiyadagi harbiylarning farzandlariga alohida kvota doirasida oliygohga kirish uchun imtiyozlar beriladi;
- og‘ir kasallikka chalingan harbiylarning chet elda davolanishiga alohida mablag‘lar ajratiladi.
Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish kerakligini ta’kidladi.
“Hozirgi vaqtda, chet tillari bo‘yicha xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti fani uchun ham mana shunday tartib joriy etishni taklif qilaman. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun 50 foizli ustama joriy qilsak, adolatdan bo‘ladi”, dedi nomzod. Hozirgi tartibga ko‘ra, bu ustama foizi miqdori – 20 foiz.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi
10:59 / 26.05.2025
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
16:40 / 14.05.2025