Maktablarni kompyuterlar bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi
Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 26 maydagi farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qitilishi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.
Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.
Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.
Mavzuga oid
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024