Sport | 19:08 / 23.06.2023
36560
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi U-17.  O‘zbekiston 2-o‘rin bilan guruhdan chiqdi, Yaponiya-Hindiston o‘yinida 11ta gol urildi

Tailandda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston (7) 3-turda Vetnamni (1) minimal hisobda mag‘lub etib, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Hindiston (1) bilan gollar shousi tashkil etgan Yaponiya (7) to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-pog‘onani egalladi.

O‘rta Osiyo vakili 1/4 finalda S guruhida to‘p o‘tkazmasdan barcha o‘yinda g‘alaba qozongan Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladi. Yarimfinalga chiqqan jamoalar jahon chempionati yo‘llanmasiga ham ega chiqishadi. 

Chorakfinal jutfliklari
25 iyun
Tailand — Janubiy Koreya
Eron — Yaman
26 iyun
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston
Yaponiya — Avstraliya

Osiyo Kubogi U-17. Tailand. 3-tur
D guruhi
Vetnam — O‘zbekiston 0:1

Gol: Shoidyor Shodiboyev (25). 
O‘zbekiston — Sobirov, To‘lqinbekov, O‘ktamov, Mirzayev, Shukurullayev, Jumatov, Shodiboyev, Raimov, Karimov, Abdulboriyev, Abdullayev. 
Zaxiradagilar: No‘’monov, To‘laboyev, Otaxonov, Olimov, Ikromov, Yoqubov, Saidov, O‘rmonjonov, Turg‘unboyev, Akopov, Abrayev. 

Yaponiya — Hindiston 8:4
Gollar: Kavamura (13), Navata (41, 45), Nagano (52), Kohei (54), Nakadzima (74), Yamaguchi (90+6), Siguira (90+8) — Guite (47), Meyte (52), Miyagava (69, avtogol), Singh (79).

Mavzuga oid