Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bayram kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston aholisi bayramni qulay ob-havo sharoitida kutib oladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
26 iyun, dushanba kuni respublika bo‘yicha harorat +30...+33 daraja, janubda +39...+41 darajadagi ob-havo saqlanib turadi. 27–30 iyun kunlari havo harorati bir oz ko‘tariladi va +34...+37 daraja, janubda +39...+41 daraja atrofida bo‘ladi.
Faqat shanba va yakshanba kunlari, 1–2 iyulda O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana +38...+40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +42 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog‘oldi va tog‘li hududlarda 26–28 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26 iyunda shimolda, 27–29 iyunda respublikada ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 26 iyun kunduzi +32...+34 daraja, 27–30 iyunda +34...+37 daraja, 1–2 iyulda +37...+40 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025