Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va Polshaning Pronar Sp. z o.o. kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Sergiush Martinyuk o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Onlayn muzokaralar chog‘ida Pronar Sp. z o.o. kompaniyasining O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sohasiga sarmoya kiritish va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich 30-40 foizgacha mahalliylashtirish masalasi muhokama qilindi.
Tadbirda Polsha tomonidan “Polsha-O‘zbekiston” Savdo palatasi prezidenti, Polsha sobiq bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yanush Pexochinskiy ham ishtirok etdi.
Sergiush Martinyuk O‘zbekiston delegatsiyasini Pronar Sp. z o.o. ishlab chiqarish salohiyati va faoliyati ko‘lami bilan tanishtirish maqsadida kompaniyaning bosh ofisiga taklif qildi.
Uchrashuv yakunida ushbu investitsiyaviy loyihani o‘z vaqtida va sifatli hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Pronar Sp. z o.o. kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun “Yo‘l xaritasi” imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025