Iqtisodiyot | 09:49 / 28.06.2023
21684
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarib, ularning eksportini tashkil qilmoqchi

O‘zbekistonning elchisi Dilshod Ahadov Maharashtra shtatining ma’muriy markazi Mumbay shahrida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo AA

InterMed Laboratories, AGIO Pharmaceuticals kompaniyalari, Kokilaben Dhurubhai Ambani shifoxona va tibbiy tadqiqotlar instituti rahbarlari bilan muloqot chog‘ida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Hindiston vakillari mamlakat tadbirkorlari bilan ushbu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning eksportini tashkil qilish, zamonaviy tibbiyot markazlari barpo etish orqali respublika tibbiyot turizmi salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Hindiston Cayohat agentlari uyushmasi rahbariyati, qator xususiy kompaniyalar mutaxassislari bilan uchrashuv turizm sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

IndiGo hind aviatashuvchisi sentabr oyidan boshlab Dehlidan Toshkentga haftasiga to‘rt marta samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Havo qatnovlari hajmini boshqa xususiy aviakompaniyalar boyitishi kutilmoqda.

Mavzuga oid