Iqtisodiyot | 10:05 / 28.06.2023
21704
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yuk tashish hajmi qariyb 5 barobar oshdi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Pokiston elchisi Ahmad Faruq bilan uchrashdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari hamda o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda yuk tashish hajmi qariyb 5 barobar oshgani qayd etildi. Transport infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar rejaga kiritilgan va yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik formatini kelishib oldilar hamda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro intilishlarini tasdiqladi.

Mavzuga oid