Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan ayrim toifadagi iste’molchilar uchun gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishning yangi tartibi joriy etiladi
2023 yilning 13 fevralida “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda tuzilishi belgilangan.
Bunda:
- mazkur tartib yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yoqilg‘i-energiya resurslari iste’moli bo‘yicha limitlarni belgilash va ularga o‘zgartirishlar kiritishga ham tatbiq etiladi;
- davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portaliga avtomatik ravishda yuborilishi ta’minlanadi;
- budjet buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalarida elektron shaklda (inson omilisiz) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:37 / 07.05.2025