Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtotransportni olib chiqib ketish muddati o‘tkazib yuborilgani uchun undiriladigan yig‘im oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan bojxona yig‘imlari stavkalari o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 700-son qaroriga asosan olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun avtotransport vositasi har bir ot kuchidan BHMning 0,7 foizi miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan.
Olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun avtotransport vositasi har bir ot kuchidan BHMning 0,7 foizi miqdorida yig‘imi BHMning 1 baravari miqdoriga o‘zgartirish kiritish belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, bojxona yig‘imini hisoblashda quyidagi mavjud muammolar oldi olinadi:
– bojxona to‘lovlari noto‘g‘ri hisoblanishi va undirilishi;
– elektromobillar soni ortishi munosabati bilan boshqa transport vositalari bilan birga yig‘imlarni bir xil hisoblash;
– ma’lumotlarni internet tarmog‘idan qidirish natijasida bojxona rasmiylashtiruvi vaqti ortib ketishi.
Mavzuga oid
08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi
17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
07:21 / 11.01.2025
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi
08:30 / 02.11.2024