Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada politsiyachi tomonidan o‘ldirilgan o‘smir ishi bo‘yicha yangi tartibsizliklar yuz berdi
Nael M. ismli voyaga yetmagan avtomobil haydovchisi yo‘l nazorati vaqtida politsiya xodimi tomonidan otib o‘ldirilgan. Parij va shahar atrofidagi tartibsizliklar yuzasidan 35 kishi qo‘lga olindi.
Parij va uning chekkasida, shuningdek, Fransiyaning boshqa shaharlarida 29 iyun, payshanbaga o‘tar kechasi politsiyachi yo‘l tekshiruvi vaqtida 17 yoshli haydovchini otib o‘ldirganidan keyin bir necha kun avval boshlangan tartibsizliklar davom etdi. Ertalabgacha 35 kishi qo‘lga olindi.
Fojia 27 iyun kuni yuz bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mashinani boshqarayotgan Nael M. ismli yigit uning talablarini bajarishdan bosh tortgan. Fransiyaning Rfi internet nashri xabariga ko‘ra, yosh haydovchini otgan 38 yoshli politsiyachi qasddan qotillikda gumon qilinib, hibsga olingan.
27 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video tarqaldi. Undan ko‘rinib turibdiki, sariq rangli mashinani tekshirish vaqtida politsiyachilardan biri haydovchiga qurol o‘qtalib turgan. Mashina uzoqlashayotganda politsiyachi o‘q uzgan va haydovchining ko‘kragini nishonga olgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Naelni qutqara olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan birga mashinada yana ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri qochishga muvaffaq bo‘lgan, ikkinchisi - voyaga yetmagan shaxs, qo‘lga olingan, ammo 29 iyun kuni erta tongda qo‘yib yuborilgan.
Nanter va Parijning boshqa bir qancha chekka hududlarida tartibsizliklar 27 iyun kuni kechqurun boshlangan. Ertalab Nanter meriyasi bayonot chiqarib, tinchlanishga chaqirdi va «Nael uchun adolat»ni talab qildi. 28 iyun, chorshanba kuni kechqurun vaziyat yana keskinlashdi, deb yozadi AFP agentligi. Muxbirlarga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida o‘ndan ortiq mashina va ko‘plab chiqindi konteynerlariga o‘t qo‘yilgan, shuningdek, ko‘chalar to‘silgan. Odamlar politsiyaga tosh otishni boshlaganida, ular ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Avvalroq, tartibsizliklarning birinchi kechasida, politsiya prefekti Loran Nunesga ko‘ra, 42 ta mashina yoqib yuborilgan. O‘shanda 24 politsiyachi jabrlangan, 24 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025