Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasiga ijara to‘lovi uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lganda davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi doirasida to‘lanadigan sug‘urta summasini belgilash;
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim)larning oila a’zolariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiya to‘lash tartibini belgilash;
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar)ning oila a’zolari belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ularni uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda ta’minlash;
harbiy xizmatchi (xodim)larga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirish.
Mavzuga oid
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
11:59 / 01.04.2025