Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbarini tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi
2023 yil 1 iyuldan davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbari va uning o‘rinbosarlarini tayinlash (saylash) tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Davlat organlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolaridan xodimlar uchun belgilangan me’yordan kelib chiqib, samarali foydalanish tartibi joriy etiladi.
“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, davlat aktivlari, ularni boshqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Bunda, davlat ko‘chmas mulk obektlari, davlat ulushi, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida e’lon qilinadi.
2023 yil 1 oktyabrgacha “Davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali” yaratiladi, unda barcha davlat mulki obektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtiriladi hamda ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Mavzuga oid
11:15 / 16.03.2025
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda
09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15:38 / 13.02.2025