Iqtisodiyot | 07:34 / 03.07.2023
23842
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda iyun oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.

2023 yil iyun oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Toshkent shahri – 29 000 so‘m;
  • Samarqand viloyati – 25 200 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati – 24 800 so‘m;
  • Buxoro viloyati – 24 400 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 24 200 so‘m;
  • Jizzax viloyati –23 200 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati – 23 200 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 22 800 so‘m;
  • Andijon viloyati – 22 200 so‘m;
  • Toshkent viloyati – 21 800 so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 20 800 so‘m;
  • Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;
  • Namangan viloyati – 19 800 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 19 200 so‘m.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

Mavzuga oid