Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:44 / 05.07.2023
2612
2 daqiqa o‘qiladi
Ayollarga beriladigan himoya orderi muddati sudlar tomonidan bir yilgacha uzaytiriladi
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga beriladigan himoya orderining muddatini jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan bir yilgacha uzaytirish;
- himoya orderining muddati uzaytirilganda sud tomonidan tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha cheklovlarni belgilash;
- ota-onaning farzandlariga nisbatan vasiy yoki homiy tayinlash tizimini takomillashtirish;
- yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizmi samaradorligini oshirish;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:10 / 16.04.2025
O‘zbekistonda 1 mlndan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar borligi aytildi
00:50 / 21.01.2025
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
09:21 / 03.09.2024
O‘zbekistonda yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi
07:50 / 26.08.2024