Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari uchun malaka oshirish markazi tashkil etilyapti
Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
20 kishidan iborat markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:
aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yo‘nalishida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Markaz direktori lavozimi bo‘yicha oliygohning dekaniga, o‘rinbosari – dekan o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda.
Ikki oy ichida markazni tajribali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish uchun ochiq tanlov o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi
16:34 / 13.02.2025