Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 21 yoshli yigit cho‘kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi
Unga hokimlikning sovg‘asi topshirildi.
Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 21 yoshli yigit cho‘kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi.
Qayd qilinishicha, Saidislombek Abdulqosimzoda shahar markazidan oqib o‘tuvchi «Janubiy Mirzacho‘l» kanalida ona va bolani cho‘kayotganini ko‘rib qolib, ularni qutqarishga oshiqqan va buning uddasidan chiqqan.
«Kanal atrofiga yugurgani chiqaman. Qarasam ona o‘z bolasini qutqaraman deb suvga tushgan ekan. Ikkalasi ham cho‘ka boshladi. Ularni ko‘rgan zahoti hayolimda faqat tezroq ko‘maklashish bo‘ldi. O‘zim ham cho‘kishimga oz qoldi. Birinchi bo‘lib bolani olib chiqdik. Keyin onasiga yordam berdik, bu juda qiyin bo‘ldi», dedi yigit.
Voqea qachon sodir bo‘lgani xabarda keltirilmagan. Yangiyer shahri hokimligi Saidislombek Abdulqosimzodani sovg‘a bilan taqdirlagan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi
13:45 / 26.02.2025