Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi istirohat bog‘iga tashrif buyurgan shaxsda giyohvand moddalar borligi aniqlandi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Chilonzor tumanida joylashgan ko‘ngilochar bog‘ hududida patrullik qilish chog‘ida chekayotgan erkakni payqab qolgan.
MG xabariga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning chekish uchun mo‘ljallanmagan jamoat joylarida chekishni taqiqlash haqidagi ogohlantirishiga erkak hech qanday munosabat bildirmagan. Shu bilan birga, tutun hidi o‘ziga xos bo‘lgan.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazish chog‘ida erkakdan kichik qog‘oz o‘ramini topib, uning ichida o‘ziga xos hidga ega yashil rangli kukunli modda borligini aniqlagan.
Erkak qo‘lga olingan va eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib, shaxsi aniqlanganda 39 yoshli Ya.A. ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
18:41 / 25.04.2025
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi
20:46 / 18.04.2025