Buxorodagi xalqaro o‘tkazish punktida jangovar o‘q-dorilarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: t.me/sarhad_uz
Buxoro viloyatida joylashgan “Olot-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan xizmat iti yordamida bojxona xodimlari bilan hamkorlikda kirish yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, tirkamaga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashinalar orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patronlar yashirib qo‘yilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:47
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025