O‘zbekiston | 12:26 / 09.07.2023
8655
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MSK saylovda davomat 33 foizdan oshganini xabar qildi

Dastlabki uch soatda 6,4 milliondan ortiq saylovchi ovoz berib bo‘ldi. Saylovlar bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Markaziy saylov komissiyasi 9 iyul kuni o‘tayotgan prezident saylovi bo‘yicha soat 11:00 holatiga ko‘ra natijalarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, saylovda 6 mln 463 ming 874 kishi ovoz berib ulgurdi. Bu umumiy saylovchilarning (19,4 mln) 33,54 foiziga teng.

Bu raqamlar O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tgan, deb hisoblashga asos bo‘la oladi.

MSK hisobotiga ko‘ra, dastlabki soatlarda eng yuqori davomat Andijon va Jizzax viloyatlarida (mos ravishda 39,37 va 39,23 foizdan), eng past ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida (mos ravishda 26,27 va 28,80 foizdan) qayd etilgan.

Navbatdagi natijalar soni soat 14:00 da e’lon qilinadi.

  • 28 iyundan 5 iyulgacha bo‘lgan muddatdan oldin o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 815,3 ming kishi, jumladan, 180,7 ming nafar xorijda, 634,5 ming nafar shaxs mamlakat ichida ovoz bergan.

Mavzuga oid