O‘zbekiston | 08:57 / 09.07.2023
36279
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Ular kuchli jala vaqtida toshqin suvlari uchun mo‘ljallangan quvurga kirib olgan.

Foto: Namangan viloyati FVB

Qamchiq dovonida namanganlik ikki ayol jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati FVB matbuot xizmati bunga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 7 iyul kuni M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent-vodiy yo‘nalishida ikki ayol (ularning ikkisi ham 23 yoshda bo‘lgan) tog‘ balandligidagi yirik shoxli mollarini sog‘ish uchun ketayotgan bo‘lgan.

Soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yog‘ishi kuzatilgan. Ayollar esa bu paytda sel toshqin suvlari uchun maxsus mo‘ljallangan 1200 diametrli temir quvur ichiga kirib olgan. Shu vaqtda 40−50 metr kub miqdoridagi sel kelib, ayollarni quvur ichidan «Rezaksoy»ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan.

Soyni sel massasidan tozalash jarayonida ularning jasadi topilgan.

Hozirda IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid