Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» isyonchilarning O‘zbekistonga qarshi afg‘on hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi – OAV
«Tolibon» vakillari o‘zbek chegarachilari bilan muzokara o‘tkazdi
Afg‘oniston Chegara va qabilaviy ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, rasmiylar bilan chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Khaama Press xabar berdi.
Uchrashuvda vazirlik chegara bo‘limi boshlig‘i Mavlaviy G‘ulom Nabiy Samim chegarada mahalliy aholi duch kelayotgan muammolar haqida gapirgan. Qanday muammolar borligi aytilmagan.
«Tolibon» hukumati o‘zbek hamkasblariga isyonchi guruhlarning O‘zbekistonga qarshi afg‘on tuprog‘idan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi», deyiladi xabarda.
«Tolibon» rasmiylari «isyonchi guruhlar» deganda nimani nazarda tutayotgani haqida batafsil ma’lumot bermadi, biroq so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonga bir necha marta raketa uchirilgan edi. Hujumlar uchun javobgarlikni «Islomiy davlat» (IShID) jangarilari o‘z zimmasiga oldi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) minglab IShID jangarilari Afg‘onistonning shimoliy chegaralari yaqinida joylashgani, bu Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Ammo afg‘on rasmiylari bunday bayonotlarni rad etib, ularni tashviqot va asossiz da’volar deb atamoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025