Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11,5 mlrd dollarlik loyihalarni foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.
Jumladan, davlat investitsiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.
Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o‘rinbosarlari, bank rahbarlari mas’ul va javobgar bo‘ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.
Bu yil infratuzilmaga budjetdan 1,2 trillion so‘m ajratilmoqda. Bu yetarli emasligi qayd etilib, infratuzilmaga yana 100 million dollar yo‘naltirishga qaror qilindi.
Hududlarda 1 ming 200 ta loyiha doirasida 4,6 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirish zarur. Bunda, loyihalar 3 ta toifaga ajratilib ular bilan manzilli ishlanadi.
Tegishli hukumat komissiyasiga vazir va tarmoq rahbarlari bilan birga har bir loyihani ichiga kirib, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish topshirildi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025